Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Huawei kompaniyasi bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokara olib borildi
    30.11.2021

    29-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Huawei kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv doirasida tomonlar Huawei kompaniyasi ishtirokida AKT sohasidagi amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar hamda, Oʻzbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasi, mobil aloqa, ma’lumotlar bazalari, elektron hukumat va IT ta’lim sohalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni muhokama qildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, bugungi kunda Huawei kompaniyasi AKT sohasida yetakchilik qilayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Shu tariqa uning tajribasini o‘rganish va o‘zlashtirish,  raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, IT ta’lim sohalarini rivojlantirish doirasida strategik vazifalarni amalga oshirish uchun kompaniyaning mutaxassislarini jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

    O‘z navbatida, Huawei kompaniyasining vakillari Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkor davlat bo‘lishini ta’kidladi va kelgusida AKT sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dolzarb va yirik loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati