Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatining Oltinko‘l va Baliqchi tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi
    22.11.2021

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Oltinko‘l va Baliqchi tumanlarida sayyor qabul tashkil etildi.

    Sayyor qabulda mazkur tumanlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar, “Uzkomnazorat” Andijon viloyat hududiy inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning Andijon viloyatidagi filial va bo‘linmalari mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

    Sayyor yig‘ilishda soha yo‘nalishi bo‘yicha 2021 yilda Andijon viloyati xududlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.

    Sayyor yig‘ilishda fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita mas’ul rahbarlarga murojaat qilib, ular yuzasidan javob olishdi.

    Telekommunikatsiya xizmatlari, jumladan, mobil aloqa xizmatlari va aholiga optik tolali aloqa liniyasi orqali internet xizmatini ko‘rsatish xizmatlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. O‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul rahbarlariga esa tegishli ko‘rsatmalar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati