Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi faoliyati bilan tanishdi
    22.11.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Vazir avvaliga Markaz faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. So‘ngra mutaxassislarning elektron hukumatni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va yaqin muddatga mo‘ljallangan loyihalari taqdimotini tingladi.

    Jumladan, Elektron hukumat reytingi, ayni paytda 2,1 milliondan ziyod foydalanuvchisiga ega Yagona identifikatsiya tizimi (ONE ID), idoralararo integratsion platforma (davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi), Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri, Ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri, Ochiq ma’lumotlar portali, Yagona billing tizimi kabi bir qator yirik loyihalar bo‘yicha erishilgan natijalar ko‘rib chiqilib, har biri alohida muhokama qilindi.

    Istiqbolga rejalashtirilgan “Aholining elektron davlat reyestri” axborot tizimi loyihasi taqdimoti muhim ekanligi, ushbu loyiha amalga oshsa, juda ko‘p muammolarga yechim topilishi ta’kidlandi.

    Shuningdek, Vazir Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilayotgan xizmatlar va Markaz tomonidan qilinayotgan ishlar targ‘ibotiga ham alohida to‘xtaldi.

    Elektron hukumat faoliyati, avvalo, aholimiz hayoti farovonligi uchun qaratilganmi, demak, odamlar Yagona portal xizmatlaridan oson va qulay foydalana oladigan bo‘lishi kerak. Buning uchun hamma choralarni ko‘rish zarur. Yana biror xizmat targ‘ibotida yoki elektron hukumat qilgan ishlarni xalqqa yetkazishda baland-parvoz gaplardan qochib, shunday imkoniyatlar, qulayliklar borligini oddiy-sodda qilib tushuntirish lozim", – deydi vazir.

    Taqdimot davomida AKT vaziri Sherzod Shermatov elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini berish barobarida, bu yo‘lda duch kelinayotgan muammolarni birgalikda o‘rganib, ularga yechim topishda albatta qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

     

    Manba: Axborot xizmati