Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi
    12.11.2021

    2021-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida o‘quv soati o‘tkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Jumladan, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, “Aloq to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida ma’lumot berildi.