Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi
    22.11.2021

    Qarorga ko‘ra, 2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlash reja-jadvali tasdiqlandi.

    Shunga ko‘ra, 2023-yilgacha, xalqaro maʼlumotlar uzatish kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshirilishi, 150 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga maʼlumotlar uzatish tarmog‘i kengaytirilishi, optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xo‘jaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan taʼminlanishi ko‘zda tutilgan.

    2021-yil yakunigacha barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq taʼlimi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internetga keng polosali ulanadi.

    Shu bilan birga,  mavjud chegara o‘tish nuqtalari orqali “O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston”, “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” va “O‘zbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya” yo‘nalishlarida xalqaro magistral kanallar hamda Xitoy Xalq Respublikasida yangi ulanish va o‘zaro Internet trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

    2022-yil 1-yanvardan Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda maʼmuriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati va  taʼlim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati imkoniyati bilan ulash nazarda tutilgan.

     

     

    Manba: Axborot xizmati