Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida tibbiyot xodimlarining AKT sohasida malakasi oshirildi
    22.11.2021

    Xorazm viloyati hududlarida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida tibbiyot xodimlarining IT sohasida malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi.

     Jumladan, har bir oilaviy poliklinika, Qishloq vrachlik punktlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda elektron tizim bilan ishlaydigan hamshiralar jalb qilindi.

    Tashkil etilgan o‘quv kurslaridan ko‘zlangan maqsad, Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarini egallashlari hamda tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali amalga oshirishdan iboratdir.

     

    Manba: Axborot xizmati