Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
    17.11.2021

    Buxoro viloyati Buxoro tumanida  istiqomat qiluvchi aholi uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, Buxoro tuman hokimligi, “Uzkomnazorat” Buxoro viloyat hududiy inspeksiyasi, “IT Park” Buxoro filiali hamda soha tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

    Sayyor qabulda tumanning 40 nafardan ziyod aholisi ishtirok etdi. Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, televideniya, mobil aloqa hamda ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq savollariga javob olib, yangiliklar bilan tanishdilar.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga o‘rganib chiqib ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarning ko‘rilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati