Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
    17.11.2021

    Vazirlik tizimidagi soha korxona va tashkilotlarning Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi filial va bo‘linmalarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullariga Vazirlikning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

    O‘quv seminari davomida soha korxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganib chiqish tartibi, murojaatlari bilan ishlash mexanizmlari, jismoniy va yuridik shaxslarining vakillarini qabul qilish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish hamda murojaatlarning elektron tizimlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

     

    Manba: Axborot xizmati