Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Internetda xizmat ko‘rsatish turlari oshdi
    17.11.2021

    O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni yildan yilga oshib bormoqda. Provayderlar soni oshgani sayin internetda xizmat ko‘rsatish turlari va soni ham o‘sishni davom etmoqda. Joriy yil 17-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasining majlisida ham shu haqda so‘z bordi.

    Senatorlar, Qo‘mita ekspertlari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi va muhokama etildi.

    Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mamlakatimizni Internet tezligi bo‘yicha xalqaro reytingdagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, aholining Internet tarmoqlari orqali erkin va tezkorlik bilan axborot olish imkoniyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlarning ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi.

    Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning har bir xonadon va ijtimoiy muassasa maqbul narxda yuqori tezlikdagi internetga ulanishi zarurligi haqida bir necha bor taʼkidlagan edi.

    Ana shu vazifalardan kelib chiqib, Internet tezligini oshirish yuzasidan mamlakatimizning xalqaro reytinglarda o‘rnini yaxshilash maqsadida vazirlik tomonidan o‘tgan 5 yil mobaynida qator chora-tadbirlar ishlar amalga oshirilgan.

    Xususan, internet tezligini oshirish maqsadida magistral telekommunikatsiya tarmog‘i o‘tkazuvchanligi viloyatlararo darajada 400 Gbit/s tezlikka, tumanlararo tarmoqlar tezligi esa 40 Gbit/sga yetkazilgan.

    Respublika hududini optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 4,5 barobarga keng polosali portlar soni 3,5 barobarga oshirilgan.

    Vazirlik tomonidan mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2021 yilda 9 000 ta baza stansiyalari qurilib ishga tushirilgan, ularning umumiy soni 40  mingtaga, respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 98 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 93 foizga yetkazilgan.

    2021 yilning III choragi yakuniga Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 276 ta turdagi xizmatlar onlayn shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

    Bugungi kunda Yagona portal (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 850 mingdan ortgan. Ular tomonidan Yagona portal xizmatlaridan jami 2,3 million marotaba foydalanilgan.

    Shuningdek, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida, hududlarda 750 ta pochta aloqasi obyektlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali platformasidan foydalangan holda 30 turdagi davlat xizmatlarini taqdim etilmoqda.

    Pochta xizmatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilishiga qaramasdan, afsuski, chekka va olis hududlardagi aholining tuman va shaharlaridagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaatlari soni kamaymagan.

     Majlisda senatorlar va ekspertlar tomonidan AKT sohasi faoliyatini yana-da yaxshila borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

    Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.