Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabida "Mouse trap car competition" tanlovi bo‘lib o‘tdi
    17.11.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabida "Mouse trap car competition" avtomobil konstruksiyalari tanlovi  bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda eshitish qobiliyati zaif bolalar maktab-internati o‘quvchilari ham ishtirok etdi  va munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Bunday tanlovlar yoshlardagi yaratuvchanlik va ixtiro qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda munosib maktab vazifasini o‘tab, ulardagi iste’dodni yanada shakllantiradi.

    Tadbir yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

     

    Manba: Axborot xizmati