Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatida pochta xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
    15.11.2021

    Olis va chekka hududlardagi pochta aloqa bo‘limlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida “O‘zbekiston Pochtasi” AJ Farg‘ona filiali xodimlariga o‘quv seminari o‘tkazildi.  

    Seminar Vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va Davlat xizmatlari markazi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

    Mashg'ulot Marg‘ilon shahrida joylashgan IT Park filialida bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida hududlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish va aholi talabiga asosan xizmat turlarini kengaytirishni tashkil etish bo‘yicha tegishli tushuncha va takliflar berib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati