Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekildi
    15.11.2021

     “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Vazirlik tizimidagi soha korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlari tomonidan Guliston tumani “Yangi hayot” MFYda joylashgan Guliston radioteleuzatish stansiyasi hududiga 200 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

    Shuningdek, ushbu ko‘chat ekish aksiyasida soha korxona va tashkilotlari faol ishtirok etib, bugungi kunga qadar jami 800 dan ortiq turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

    Manba: Axborot xizmati