Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Farg‘ona filiali talabalari Farg‘ona viloyatidagi "RTS"da malaka oshirishdi
    15.11.2021

     TATU Farg‘ona filiali talabalari  uchun Vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va Andijon radiotelevezion markazi hamkorligida Farg‘ona tumanida joylashgan radioteleuzatish markaziga o‘quv amaliyot o‘tash va kelgusida ushbu sohada o‘z bilim va malakalarini oshirish maqsadida  o‘quv darslari tashkil etildi.

    Tashrif chog‘ida talabalarga  Radiotelevezion dasturlarni uzatilish holati va tartibi, uzatgichlar turlari, qamrov darajasi, markazda joylashgan uzatish uskuna va qurilmalar imkoniyatlari, radioteleuzatish markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar va rejalar to‘g‘risida malakali mutaxassislar tomonidan tegishli tushunchalar berib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati