Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida hamshiralar IT sohasi bo‘yicha o‘qitilmoqda
    11.11.2021

    Andijon viloyatidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida Andijon shahar, Izboskan, Jalalquduq, Marhamat va Xo‘jaobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari “Raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanish” bo‘yicha o‘qitilmoqda. 

    O‘quv kursi yordamida tinglovchilarning raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash nazarda tutilgan bo‘lib, malaka oshirish jarayonlari o‘quv tarqatma materiallari va maxsus jihozlangan kompyuter laboratoriyasidan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati