Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
    11.11.2021

    Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan  sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu sayyor qabulda aholi vakillari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo`linmalari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

    Sayyor qabul ishtirokchilariga viloyatda shu jumladan, tumanda olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. 

    Аloqa va telekommunikatsiya, radio va televideniya, axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar hajmi, sifati va narxi kabi masalalar yuzasidan  fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi va o‘rganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati