Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro shahrida ko‘chatlar ekildi
    11.11.2021

    Davlat rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 2-noyabrdan 10-dekabrigacha “Yashil makon" umummilliy loyihasi bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi.

    Ushbu “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, “Ucell-Buxoro” mintaqaviy bo‘limi bilan birgalikda Buxoro shahri hududida  manzarali (qayrag‘och) daraxtlari ekildi.

    Mazkur loyihada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi soha korxonalari ham faol ishtirok etib kelishmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati