Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bosh vazir kubogi: AKT vazirligi jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
    05.11.2021

    Bugun futbol bo‘yicha «Bosh vazir kubogi» musobaqasiga start berildi.

    Musobaqa mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

    Joriy yilgi bahslarda 43ta jamoa ishtirok etyapti.

    Musobaqada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi dastlabki uchrashuvini Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

    Qizg‘in kechgan bahsda  Vazirlik jamoasi  5-0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

    Manba: Axborot xizmati