Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatidagi maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminarlar o‘tkazilmoqda
    05.11.2021

    Yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilimga ega bo‘lishida hamda kelajakda IT sohasida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda “Bir million dasturchi” loyihasining o‘rni muhim hisoblanadi.

     Navoiy viloyati maktablarida “Bir million dasturchi” loyihasi yuzasidan targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

    Navoiy shahridagi 1-son hamda Konimex tumanidagi 29-son umumta’lim maktablarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ma’sul xodimlari tomonidan seminar o‘tkazildi.

    Ushbu seminarda “Bir million dasturchi” loyihasining asosiy maqsadi, bepul va sifatli onlayn masofaviy ta’lim olish mumkinligi, ushbu platformadan ro‘yxatdan o‘tish, o‘quv dasturlari, IT sohasida faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda berilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati