Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyati Izboskan tumanida informatika o‘qituvchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
    04.11.2021

    Andijon viloyati Izboskan tumanida "Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi" hamda Izboskan tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi umumta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. 

     Mashg‘ulot davomida o‘quv markazida tashkil etilgan o‘quv kurslari va o‘qituvchilarni markazda o‘z malakasini oshirish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida, shuningdek, o‘quvchi yoshlarni zamonaviy kasbga jalb etish bo‘yicha bir qator loyihalarning maqsadi va vazifalari xususida ma’lumot berib o‘tildi.

     Jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasining maqsadi, loyihada qatnashish tartiblari va imkoniyatlari xususida o‘qituvchilar o‘zlari qiziqqan savol va takliflariga javob oldilar.

     

    Manba: Axborot xizmati