Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    04.11.2021

    Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi mas’ullari, tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi. 

    Bu yerda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari bo‘yicha yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter sinflari, o‘quv zali tashkil etilgan. Endilikda  Sherobod tuman yoshlari ham yuqori sharoitlarga ega ushbu markazda IT sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.