Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Farg‘ona filialida ta’lim olayotgan talabalar uchun seminar tashkil qilindi
    04.11.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Vazirlik tizimidagi soha korxona va tashkilotlar tomonidan talabalar uchun seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

    Seminar davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali hamda “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali tomonidan optik tolali aloqa kabellarini payvandlash “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali Farg‘ona hududiy bog‘lamasi tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va xususiyatlari, kelajakdagi rejalari 5G texnologiyasi hamda Farg‘ona viloyati EMMX tomonidan radioto‘lqinlar va ularning nazorati to‘g‘risida seminarlar o‘tkazildi.

    Tadbir davomida talaba yoshlar tomonidan optik tolali aloqa kabelini payvandlash bilan shug‘ullanish imkoniyat yaratib berildi. Talabalarni kelajakda sohada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun Vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamda Vazirlik tizimidagi soha korxona va tashkilotlar tomonidan TATU Farg‘ona filialiga alohida uquv amaliy laboratoriya xonasini tashkil qilish va jihozlash bo‘yicha kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati