Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida Vazirlik tizimidagi soha korxonalari xodimlari IT Park va “GOC-UZ” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
    04.11.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda O’zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish, kelajakda munosib ish joyini topishlariga ko'maklashish maqsadida Jizzax viloyatidagi soha korxonalarida ishlovchi yoshlar IT-Park Jizzax filiali hamda Jizzax  Erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan optik tolali kabel va boshqa kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Global Optical Communication Uzbekistan” MCHJ QKlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

    Viloyat yoshlari ushbu korxona va tashkilotlarda yaratilgan imkoniyatlar  va kelajakdagi rejalar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

    Manba: Axborot xizmati