Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
    04.11.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi bilan hamkorlikda Xonqa tumanida telefon, internet, televideniye, radio, pochta aloqasi, davriy matbuotni tarqatish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, Elektron hukumat, raqamli ta’lim va sohaga doir boshqa masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Mazkur sayyor qabulda viloyatdagi soha korxonalari va mobil aloqa operatorlari rahbarlari ishtirok etishdi. Kelib tushgan ko‘plab murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qabul kunida tezkorlik bilan ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda ularni o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilishi belgilanib, ijobiy hal etilishi alohida nazoratga olindi.

    Manba: Axborot xizmati