Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida inkubatsiya va akseleratsiya markazi ish boshladi
    04.11.2021

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talaba yoshlarining loyihalari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etish hamda iqtidorli talabalarni iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya markazi ish boshladi.

    Markazning ochilish marosimiga Samarqand viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va Toshkent iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining professor o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdilar.

    Tadbirda universitetning talabalari tomonidan ixtiro qilingan ishlarning taqdimoti o‘tkazildi. Markaz eng so‘nggi rusumdagi 9 ta kompyuter jamlanmasi va dasturiy ta’minot vositalari, multimedia jihozlari bilan ta’minlandi.

    Kelgusida ushbu markazda IT sohasiga qiziquvchi talabalar uchun bepul mashg‘ulotlar, musobaqa va seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati