Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
    03.11.2021

    Yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilimga ega bo‘lishida va kelajakda IT sohasida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda “Bir million dasturchi” loyihasining o‘rni muhim hisoblanadi.

    Shu sababdan, Buxoro viloyati miqyosida “Bir million dasturchi” loyihasi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

    Qorovulbozor tumani 2-son umumta’lim maktabida Qorovulbozor raqamli texnologiyalari o‘quv markazi mas’ul xodimlari tomonidan seminar o‘tkazilib, “Bir million dasturchi” loyihasining asosiy maqsadi, loyiha doirasida sifatli va bepul onlayn masofaviy ta’lim olish mumkinligi, ushbu platformadan ro‘yxatdan o‘tish, o‘quv dasturlari, IT sohasida  faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda berilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati