Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatidagi maktablarda "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida seminarlar o'tkazilmoqda
    03.11.2021

    Qashqadaryo viloyatida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilari uchun "Bir million dasturchi" loyihasi va elektron ta'lim resurslarini yaratish bo'yicha seminar- trening mashg'ulotlari tashkillashtirildi.

     Unda elektron  ta'lim resurslarini tayyorlash hamda "Bir million dasturchi" loyihasida ishtirok etish, sertifikat olish bo'yicha  taqdimotlar qilindi.

    Manba: Axborot xizmati