Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati Navbahor tumanida “Bir million dasturchi” loyihasi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi
    02.11.2021

    Navoiy viloyati Navbahor tumanida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida  tuman yoshlari bilan targ‘ibot ishlari olib borildi.

    Tashrif buyurgan ishtirokchilarga yurtimizda ilmiy-amaliy va zamonaviy texnologiyalar sohasida qilinayotgan ishlar, xususan Axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va IT sohasidagi ta'lim jarayonlari bilan mehmonlar tanishtirilib, “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha ham yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.

    Tashkil qilingan seminarda ushbu loyihani yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va ularni “Bir million dasturchi” platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazish, kelgusida kelajak kasbini IT sohasida olib borishi va bunga berilgan imtiyoz va sharoitlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati