Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatining Jalalquduq tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi
    02.11.2021

    Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining o‘n oltinchisi Jalalquduq tumani markazida tantanali ravishda tashkil etildi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park va tuman hokimligi rahbar va xodimlari, tuman faollari va yoshlari ishtirok etdilar.

    O‘quv markazida yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli  texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika o‘rgatish ko‘zda tutilgan.

    Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Andijon viloyati qator shahar va tumanlarda 16 ta IT-maktab, oliy ta’lim muassasalarida 4 ta inkubatsiya markazlari tashkil etildi.

    Manba: Axborot xizmati