Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyati Qibray tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    02.11.2021

    Toshkent viloyati Qibray tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filiali, Qibray tumani Xalq ta’limi bo‘limi, IT Park viloyat filiali, keng jamoat vakillari hamda tuman yoshlari ishtirok etishdi.
    Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.

    Manba: Axborot xizmati