Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    01.11.2021

    Endilikda Jizzax viloyatining barcha tuman, shaharlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari mavjud.

    Mazkur markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Zafarobod tuman hokimligi, IT-Park Jizzax viloyat filiali, keng jamoat vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.   

    Markazda aholi, tumani yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazda kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, kibersport, IT-Engilish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.

    Manba: Axborot xizmati