Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabga zamonaviy kompyuterlar topshirildi
    01.11.2021

    Navoiy viloyati  Qiziltepa tumanidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 4-maktab ochilishiga “Telecom Device PRO” MChJ homiyligi asosida 10 dona  zamonaviy kompyuterlar berildi.  

    Ushbu tashabbus Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda Qiziltepa tumani hokimining yoshlar bilan ochiq muloqotida ilgari surilgan edi. 

    Barchamizga ma’lum, Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar kelajakda yetuk, sifatli dasturchi muhandislar yetishtirishda asos bo‘lib xizmat ko‘rsatadi. Shunday ekan bugungi kunda  ushbu maktablarda yaratilgan sharoitlarga  katta e’tibor qaratilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati