Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT kurslar tashkil etildi
    01.11.2021

    IT-Park Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bepul IT kurslar tashkil etildi.

    Ushbu o‘quv  kurslari Qamashi tumani Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi mutaxassislari tomonidan “Raqamli avlod” loyihasi doirasida tashkil qilindi. Darslar “Dasturlash”, “2D va 3D dizayn” va “Kompyuter savodxonligi” yo’nalishlarida olib borilmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati