Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Quva va Farg‘ona tumanlarida Raqamli texnologiyalar markazlari ochildi
    01.11.2021

    Farg‘ona viloyatining Quva va Farg‘ona tumanlarida Raqamli texnologiyalar markazlari ochilish marosimi o‘tkazildi.

     Ushbu tadbirlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tuman hokimligi, IT-Park Farg‘ona filiali rahbari hamda Vazirlik tizimidagi soha korxonalar, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
    Ushbu o‘quv markazlarda Quva va Farg‘ona tumani yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kibersport o‘yinlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.

    Aholida katta qiziqishga sabab bo‘lgan yo‘nalishlarga “Robototexnika” hamda “Dasturlash” turlari kiradi. Ushbu yo‘nalishlar o‘zining zamonaviy moddiy texnik bazasi bilan jihozlanganligi tuman ahlida keng qiziqish hosil bo‘lishiga zamin bo‘lmoqda.
    Tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar va yoshlar daftarlari” ro‘yxatlariga kiritilgan fuqarolar va ularning farzandlari ham ushbu markazda kompyuter savodxonligi va axborot-kommunikatsiya sohasida dastlabki ko‘nikmalarini egallashlari bepul tarzda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

    Ishtirokchilar yangi maskanlar faoliyati bilan tanishib, tuman aholisi va yoshlari uchun kompyuter texnologiyalaridan keng hamda samarali foydalanish uchun munosib shart-sharoitlar yaratilganligini qayd etishdi.

    Manba: Axborot xizmati