Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahar Olmazor tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
    29.10.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va “O‘zkomnazorat” Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilot rahbarlari va mutaxassislari xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va muammolarning yechimini topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

    Bugungi kunda bunday sayyor qabullar tashkil etish hamda murojaatlarni qisqa vaqt ichida samarali, eng muhimi, qonun doirasida hal etish, fuqarolarning kayfiyatini ko‘tarish, ertangi kunga ishonchini oshirish bo‘yicha barcha vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlari belgilab berilgan.

    Sayyor qabulga taklif etilgan Olmazor tumanidagi mahalla faollari tomonidan simli aloqa, raqamli televideniye bilan qamrab olish, yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan murojaatlari atroflicha o‘rganilib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan Axborot texnologiyalari vazirligi tizimiga kiruvchi Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilot rahbarlari hamda mobil aloqa kompaniyalariga tegishli topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati