Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Do’stlik tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o'z faoliyatini boshladi
    29.10.2021

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Jizzax viloyati Do’stlik tumanida ochildi. O‘quv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan  o’n ikkinchi o‘quv markaz hisoblanadi.

    Mazkur markazlarning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Do’tslik tuman hokimligi, IT-Park Jizzax viloyat filiali, keng jamoat vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Markazda aholi, tuman yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati