Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatida telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda
    28.10.2021

    Farg‘ona viloyatida “O‘zbektelekom” AK tomonidan yangi texnologiyalar asosida viloyatdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

    Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali Ikkinchi texnik bog‘lamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi magistral telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infrastrukturalarini rivojlantirish” loyihasi (DWDM) doirasida Farg‘ona viloyatida jami 20 ta telekommunikatsiya stansiyalarga yangi qurilmalarning montaj ishlari bajarilgan.

    Farg‘ona shaharlararo avtomatik telefon stansiyasidagi qurilmalardan  Respublika bo‘ylab 4 ta viloyatda o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu qurilmalarning umumiy quvvati 2.4 Tbit/s.ga yetkazilgan.

    Manba: Axborot xizmati