Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi
    28.10.2021

    Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida istiqomat qiluvchi aholi uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda tumanning 30 nafardan ziyod aholisi ishtirok etdi. Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, televideniye, mobil aloqa hamda ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq savollarga javob olib, yangiliklar bilan tanishdilar.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga o‘rganib chiqib ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati