Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chirchiq shahridagi Raqamli texnologiyalar o'quv markazida tibbiyot xodimlari IT sohasida o'qitildi
    28.10.2021

    Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida tibbiyot xodimlarining IT sohasida malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi.

    Bugungi kunda har bir oilaviy poliklinika,  vrachlik punktlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda elektron tizim bilan ishlaydigan hamshiralar jalb qilingan. 

    Tashkil etilgan o‘quv kurslaridan ko‘zlangan maqsad, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarni egallashlari hamda tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali amalga oshirishdan iboratdir.

     

    Manba: Axborot xizmati