Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida xalqaro logistika kompaniyasi o‘z faoliyatini boshladi
    28.10.2021

    Jizzax viloyatida IT Park va “Next Decade” hamkorligida xalqaro logistika kompaniyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya tomonidan xodim sifatida 18 nafar yoshlar saralab olindi hamda ular uchun malaka oshirish kurslarini boshladi.

    Tashkil etilgan malaka oshirish kurslari davomida qatnashchilarga ingliz tilida rasmiy muzokaralar olib borish hamda logistika sohasidan darslar berib boriladi.

    Kurslar tugagandan so’ng bitiruvchilar “Next Decade” Jizzax filiali xodimlari sifatida shartnoma asosida ishga qabul qilinadilar. 
    Ta’kidlash lozim, “Next Decade” kompaniyasi O‘zbekistonda eng yirik logistika korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona ko‘proq tashqi bozor, ya’ni Amerika Qo’shma Shtatlaridan ko‘plab kompaniyalar bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

    Kompaniya Jizzax viloyatida filial ochishidan maqsad viloyatda logistika sohasi rivojiga hissa qo’shish hamda istiqbolli va iqtidorli kadrlarni ish bilan ta’minlashdan iboratdir.

    Manba: Axborot xizmati