Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida umumta’lim maktab rahbarlari IT-sohasida o‘qitildi
    28.10.2021

    Bugungi kunda Xalq ta’limi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalarini joriy etish, shuningdek umumta’lim maktablari rahbar va xodimlarini raqamli texnologiyalar sohasida malakasini oshirishga katta e’tibor berilmoqda.  

    Shu sababli, Xorazm viloyatining hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida umumta’lim maktablari direktorlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

    O‘quv kurslari natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risida tegishli sertifikatlar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati