Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari uchun IT-kurslar tashkil etildi
    26.10.2021

    Xorazm viloyati Xiva shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tomonidan “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari uchun dasturlash bo‘yicha o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi. 

    O‘quv kurslari IT-park hamda “Meros” jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan o‘quv kurslari kelgusida bolalar shaharchasi va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni egallashlari va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zamin yaratadi.