Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsion markazi va YUNISEF tomonidan “ImkonLab” loyihasi doirasida tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etib, loyiha bilan qatnashib, 1000 AQSH dollari miqdoridagi grant sohibi bo‘ldilar.