Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
    27.09.2021

    “Bir million dasturchi”  loyihasining yoshlar orasidagi targ‘iboti yuzasidan  Navoiy viloyatining Uchquduq tumani, Navoiy shahar, Karmana tumani, Zarafshon shahar hamda Xatirchi tumanlarida  o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida Raqamli texnologiyalar o’quv markazi xodimlari tomonidan o'quvchilarga o’quv markazida tashkil etilgan o'quv kurslari haqida va "Bir million dasturchi" loyihasi bo'yicha batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.

    Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni IT sohasiga jalb qilish va ularni kelajakda internet tarmog‘ida o’z malakasi orqali o‘zini band qilishi va moliyaviy ta’minlashi mumkinligi ya’ni frilanserlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashishdir. Shuningdek, Karmana tumanida “Bir million dasturchi” loyihasidan ro’yxatdan o’tganlar soni 12 905 nafarni tashkil etmoqda.

    Shu bilan bir qatorda, tashrif davomida IT Park va Mehribonlik uyi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumning asosiy maqsadi "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilarini kompyuter savodxonligi, web dasturlash va robototexnika yo'nalishlarida bepul ta'lim berishga qaratilgan.