Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatida IT-Markaz xodimlari tomonidan o‘quv seminarlari o‘tkazildi
    17.09.2021

    Qashqadaryo viloyatida  IT-Markaz xodimlari tomonidan o'z hududlari doirasida IT sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun  o‘quv seminari o‘tkazildi.

    Shuningdek, Qarshi shahri, Qarshi tumani, Kitob tumani, Yakkabog' tumani, Kasbi tumani, Muborak tumani,  Nishon tumani, Koson tumani, Dehqonobod tumani, Chiroqchi tumanlaridagi maktablarda ham o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.

    Darslar davomida  o'quvchilarga IT markazlardagi mavjud o'quv kurslari, uning faoliyati va "Bir million dasturchi" loyihasi haqida ma'lumotlar berildi.

    O'tkazilgan  o‘quv seminari doirasida umumiy 1000 nafarga yaqin o'quvchilar qamrab olindi.