Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy axborot texnologiyalari texnikumining bino va hududi yangi o‘quv yiliga hozirlanmoqda
    16.09.2021

    Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi “Axborot-kommunnikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-sonli qaroriga asosan Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi tashkil etildi. Bugungi kunda mazkur texnikumga 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom ettirilmoqda. Shuningdek yangi o‘quv yili uchun binoni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

    Mazkur binodagi ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida hamda mavjud muammoli masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati texnikum binosini borib ko‘rdi. Ushbu texnikumda ta’mirlash ishlarida qatnashayotgan usta quruvchilar bilan qurilish ishlarining borishi haqida suhbatlashib, mazkur binoni qisqa muddatlar ichida sifatli ta’mirlagan holda foydalanishga topshirish muhimligi tushuntirildi. Shuningdek, texnikum binosining yon atroflarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

     

    Ma’lumot uchun:

    Mazkur texnikumga 5 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilida jami 570 nafar o‘quvchilar, shundan 330 nafari kunduzgi, 120 nafari sirqi va 120 nafari kechki ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.