Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Nukus shahridagi IT-texnikumining ta’mirlash jarayoni bilan tanishdi
    16.09.2021

    Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 10-sentabr kuni IT sohasida kadrlar tayyorlash  bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazgan edi. Unda bir qator topshiriqlar berilgandi.  Unga ko‘ra, joriy yil 1-oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlangandi. Tashkil etilishi kutilayotgan bu texnikumlarda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olishi ko‘zda tutilgan.  

    Bugungi kunda texnikumlarni tashkil etish uchun joylarda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Nukus shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan yangi IT texnikumning tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

    Uchrashuv davomida vazir Nukus IT texnikumini 2021-2022 o'quv yiliga tayyorlash bo'yicha olib borilayatgan joriy ta'mirlash ishlarining oxirgi jarayoni bilan tanishdi. Bajarilgan ishlarning umumiy hajmi ko'rsatilib, ushbu obyektning keyingi rejalari muhokama qilindi. Vazir texnikumning bo'lajak dizayni bilan tanishib, O'zbekistonning yetakchi IT korxonalarida aks etgan ranglar palitrasidan foydalanish bo'yicha o'z taklifini berdi. Shu bilan birga, "O'zbektelekom" AKning mahalliy filialiga, ushbu obyektning ta'mirlash ishlariga ko'maklashish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

    Ushbu IT-texnikum qurilish ishlarining tugatilishi joriy yilning 25-sentabr kuniga rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari, AKT vaziri Sh. Sodiqov TATU Nukus filiali binolaridan biriga tashrif buyurib, talabalarga yotoqxona tashkil etish uchun binolardan birini kapital ta'mirlash bo'yicha ko'rsatma berdi.

    Shuningdek, TATU filiali binolarining holati bo'yicha tanqidiy tahlil o'tkazib, mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi.