eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyatidagi chekka hududlar mobil aloqa tarmog‘i bilan ta’minlanmoqda
    22.10.2021

    Viloyatda mobil aloqa qamrovini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida joriy  yil yanvar-iyun oylarida 54 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatildi hamda 467 ta mavjud baza stansiyalar modernizatsiya qilindi. Bu bilan viloyatdagi aholi maskanlari mobil aloqa bilan 98 foizga hamda mobil internet qamrovi 80 foizga yetkazildi.

    Viloyatning aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan aholi maskanlari, jumladan, Boysun tumaning Darband, Munchoq, Dibalo, Sariqamish, Dashtig‘oz, Qo‘rg‘oncha, Oltinsoy tumaning Chuldira, Oqsuv, Chuqur Obshir, Sariosiyo tumaning Chosh, Pushtivaraq, O‘rax, Por, Karsh, Stoch, Xufar, Bog‘i Samarqand, Daragiston, Uzun tumaning Madaniy turmush, Tolto‘g‘ay, Qoranko‘l, Oqmachit, Yangiobod aholi maskanlarida mobil aloqa va internet qamrovi tashkil etilib, aholining mobil aloqa va internet xizmatlariga bo‘lgan talabi qondirildi. 
    Shu bilan birga viloyat hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega magistral yo‘llarda ham mobil aloqa qamrovini tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

    Ta’kidlash lozim, bugungi kunda viloyatdagi mobil aloqa baza stansiyalarining umumiy soni 2 029 tani va mobil abonentlar soni 1,5 mln. nafarni tashkil etmoqda.  Shu bilan birga, aholi yashash maskanlari raqamli televideniye signallari bilan  to‘liq qamrab olingan.

    Manba: Axborot xizmati