eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    21.10.2021

    Bugungi kunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand viloyatining 13 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgan edi.

    Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo'yicha yoshlarni o'rgatuvchi o'quv kurslari uchun kompyuter va robototexnika sinflari tashkil etilib faoliyat ko'rsatmoqda.

    Viloyatdagi Raqamli texnologiyalar o'quv markazlarining o'n to'rtinchisi Kattaqo'rg'on tumanida tashkil qilindi va ushbu Raqamli texnologiyalar o'quv markazi kerakli zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Kattaqo'rg'on tuman hokimligi,  Vazirlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarning viloyat bo`linmalari rahbarlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

    Manba: Axborot xizmati