Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi
    19.10.2021

    21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lganligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

    Tadbirda Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlari xodimlari bevosita, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlar vakillari videokonferensaloqa ko‘rinishida ishtirok etishdi.

    Davra suhbati avvalida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub “Ona tilim o‘lmaydi” sheʼri Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida tayyorlangan viderolik tarzida namoyish etildi.

     Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev Vazirlikda davlat tilini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan, ish yuritish tizimi to‘liq davlat tilida yo‘lga qo‘yilganligi, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” tayyorlanligi, Vazirlar Mahkamasining “Axborot tizimlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilganligi, Vazirlik xodimlari muntazam ravishda davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlarni olish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib kelayotganligi, shuningdek, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududlardagi filiallariga doimiy ravishda o‘qish uchun yuborilayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar berdi.

    Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “UNICON.UZ” DUK tomonidan taqdim qilingan loyiha ustida ish olib borilayotganligi, Vazirlik tomonidan tayyorlangan “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” yaqin bir oy ichida chop etilishi va ushbu lug‘at nafaqat Vazirlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar, balki respublikamizdagi barcha tashkilotlar uchun zarur qo‘llanma bo‘lishi ta’kidlandi.

    21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lganligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub “Ona tilim o‘lmaydi” sheʼri asosida viderolik tayyorlandi.

    Manba: Axborot xizmati