Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ korxonasi faoliyati bilan tanishdi
    18.10.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Jizzax viloyatiga xizmat safari doirasida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ Qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    Optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ Qo‘shma korxonasiga 2019-yil oktabr oyida “O‘zbektelekom” AK va Janubiy Koreyaning “Global Optical Communication Co. Ltd.:” va Uni Asset Global Co. Ltd.” kompaniyalari bilan birgalikda asos solingan.

    2020-yilda birinchi bosqichda “Global Optical Communication Uzbekistan” QKning “Jizzax” EIZdagi mavjud binosida Koreya, Yaponiya va Xitoy kompaniyalarining zamonaviy uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

    Bugungi kunda “Optik-tolali aloqa kabellari ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ QK tomonidan 2 ta bosqichda amalga oshirilmoqda:

    • “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ QKga “O‘zbektelekom” AKning ulushi sifatida kiritilgan “Jizzax” EIZ hududidagi 1,6 gektar maydon va undagi ishlab chiqarish bino-inshootlarida uskunalar keltirildi va o‘rnatildi. O‘rnatilgan uskunalar yiliga import o‘rnini bosuvchi 20 ming kilometr optik-tolali aloqa kabeli ishlab chiqarish boshlangan edi.
    • Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashining 2020-yil 25-yanvardagi Qaroriga ko‘ra, “Jizzax” EIZ hududidan belgilangan tartibda qo‘shimcha 4,5 ga yer maydoni ajratilgan. Ushbu maydonda import o‘rnini bosuvchi 30 ming kilometr optik tolali aloqa kabeli chiqarish quvvatiga ega kompleks qurilib ishga tushirildi.

     

    Bugunga kelib “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ QK tomonidan 50 ming kilometr optik-tolali aloqa kabeli ishlab chiqarilmoqda.

    “GOC-UZ” yangi ishlab chiqarish korxonasi nafaqat O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini avvallari xorijiy valyutaga sotib olingan mahsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal etibgina qolmay, balki yuzdan ortiq nafargacha kishilarni, shu jumladan, Jizzax shahridagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ham ish bilan ta’minlaydi.

    O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zamonaviy yuqori tezlikdagi va ishonchli telekommunikatsiya tarmog‘i zarur. Bugungi kunda O‘zbekiston mis aloqa liniyalaridan optik tolali aloqa liniyalariga faol tarzda o‘tmoqda va bu telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash barobarida sifatini ham oshiradi.

    Manba: Axborot xizmati